35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Fuqaro murojaati eʻtiborda: muammo ijobiy hal etildi
янв.21
TA’LIMDA IJTIMOIY ADOLAT VA TENG IMKONIYATLAR KAFOLATI
янв.21
#MUNOSABAT IJTIMOIY DAVLAT VA INSON QADRI — TARAQQIYOTIMIZNING BOSH MEZONI
янв.21
🏛 FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTIGA OID HUQUQLARI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
"Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
янв.21
Xushxabar: Yangihayot tumanida "Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi" gʻoliblari uchun mablagʻlar ajratildi!
янв.21
📌 Yangihayot tumanida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
292-sonli maktab binosida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputati G. Muradova oʻz saylov okrugida
янв.21
“Xushnud” MFY Sardor koʻchasining 33-“A” uy aholisidan tushgan murojaatni joyiga borib oʻrganildi.
YOSHLAR SIYOSATI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SESSIYADA MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq 31-sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi tumani bo‘limi boshlig‘i S.Lapasovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoni ijrosini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada tumandagi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Muhokama va bildirilgan takliflar asosida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1