🏛 XALQ DEPUTATLARI PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHINING 34-SESSIYASI OCHILDI
Bugun Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi — 34-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Sessiyada tuman Kengashining 30 nafar deputatidan 26 nafari ishtirok etmoqda. 4 nafar deputat uzrli sabablarga ko‘ra sessiyada qatnasha olmayapti.
Shuningdek, sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
📋 Sessiya kun tartibidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik nazoratiga oid muhim masalalar o‘rin olgan.
✅ Belgilangan tartibga muvofiq, sessiya o‘z ishini boshlash vakolatiga ega deb topildi.
📢 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 34-sessiyasi ochiq deb e’lon qilindi.