📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev fuqarolarni qabul qildi
Bugun tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev aholi murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolarini hal etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal va boshqa sohalardagi muammolar atroflicha tinglandi. Joyida hal etish imkoni bo‘lgan masalalar tezkorlik bilan hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.