35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida yoshlar bilan ishlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar nazorat
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi! 💡🎯
янв.21
“Tashabbusli budjet”: yutib olingan loyiha sifatsiz bajarilsa, nima qilish kerak?
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi deputati Xabibilla Tillayev fuqarolar murojaati ijrosini taʼminladi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayotda yana bir namunali maskan: Oriyat MFYda “Soyali sayr ko‘cha” barpo etiladi!
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sirojiddinov Shuxrat Samariddinovich Yangihayot tumanidagi "Yangi umid" mahallasida
янв.21
🌟 Mirzagʻaniyev Otabek Avazxanovichning Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 34_sessiyada bergan hisoboti
янв.21
#34_Sessiya Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirining hisoboti tinglandi
янв.21
#SessiyagaTayyorgarlik
#qonun ijrosi #o'rganish #tahlil

Olmaliq shahrida maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish va hududlarning sanitariya holatini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov boshchiligida maxsus Ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh tarkibida:
Doniyor Karimov — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi (Ishchi guruh rahbari);
Sevar Qodirova — Kotibiyat mudiri;
Muhiddin Abdullayev — Shahar Kengashi deputati;
Matluba Ashurova — Shahar Kengashi deputati;
Shahar Nuroniylar Kengashi aʼzolari va jamoatchilik vakillari faol iroki etdi.

Oʻrganish davomida “Angren Bunyod Fayz” MCHJ tomonidan savolnomada keltirilgan 6 ta yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha va tanqidiy koʻrib chiqildi.

1. Tashkilotning umumiy holati va aholini qamrab olishi:
Qamrov darajasining pasayishi: Korxona tomonidan shahar aholisi bilan shartnomalarni rasmiylashtirish va qayta tuzish ishlari yetarli darajada tashkil etilganli;
Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan doimiy muloqot va shartnomaviy intizom mavjudligi;
2. Mehnat sharoitlari va xavfsizlik vositalari:
Ishchilar uchun moʻljallangan maishiy xonalar (dam olish, ovqatlanish, yuvinish va gigiyena xonalari) holati;
Xodimlar mavsumiy va maxsus kiyim-bosh, xavfsizlik poyabzallari hamda Shaxsiy himoya vositalari bilan toʻliq taʼminlanish holati;
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi.
3. Ish haqi va mehnatga haq to'lash:
Shaffoflik va barqarorlik: 2026-yildagi tarif stavkalari hamda oylik maoshlar dinamikasi;
4. Maxsus texnikalar va moddiy-texnik baza:
Balansdagi maxsus texnikalarning sozligi;
Kunlik xizmatga chiquvchi mashinalarning texnik holati;
Texnikalarni yangilash boʻyicha amaliy choralar koʻrilganli;
5. Ijtimoiy kafolatlar, xotin-qizlar va tibbiy nazorat:
Jamiyat shartnomasi bandlarining bajarilishi;
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan alohida sharoitlar va qoʻshimcha toʻlovlar koʻrsatilganligi.
Tibbiy koʻrik va gigiyena: Xodimlarni dastlabki va davriy majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi;
Xotin-qizlar uchun zarur boʻlgan shaxsiy gigiyena sharoitlari yetarli darajada yaratilganligi.
6. Mahallalarda chiqindilarni olib chiqish va sanitariya holati (Aholi eʼtirozlari):
Maxsus texnikalarni mahallalarga oʻz vaqtida kelishi;
Maishiy chiqindilar belgilangan grafikka amal qilgan holda olib chiqib ketilishi.
Shahardagi chiqindi yigʻish shoxobchalari sanitariya-epidemiologik talablarga javob berishi.

🛑 XULOSA VA TALABLAR:
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, shahar aholisi uchun xizmat ko'rsatayotgan “Angren Bunyod Fayz” MCHJ faoliyati ishchi guruh tomonidan ijobiy baholanib ayrim kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib ijro nazoratiga olindi.

Ushbu oʻrganish natijalari Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining tegishli doimiy komissiya muhokamasiga kiritib, korxona rahbariyatining hisoboti koʻrib chiqiladi.

Slide 1 of 10