35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Yangihayot tumani deputatlari chiqindilarni olib chiqish va obodonlashtirish holatini oʻrganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi 10-sentabr, soat 15:00da boʻlib oʻtadi.
янв.21
“Ochiq budjet” axborot portali orqali Yangihayot tumani bo‘yicha g‘olib deb topilgan 13 ta loyihaning manzilli ro‘yxati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
Deputat soʻrovi oʻz samarasini berdi: Yangihayotdagi kanal chiqindilardan tozalandi!
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
янв.21
Marhamatda Ijtimoiy himoya — doimiy eʼtibor markazida
янв.21
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar hamda tuman Kengashlarining navbatdagi — V qoʻshma plenumida xalq deputatlari yangihayot tumani kengashi deputati B.Mirzoqulov ham ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati va muloqot: Yangihayot tumanida kommunal soha qonunchiligi ijrosi oʻrganilmoqda
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida 1000 gektardan ortiq maydonning sug‘orish tizimini yaxshilash loyihasi deputatlik nazoratiga olindi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash, suv isrofining oldini olish hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish maqsadida yirik irrigatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 13-Farovon saylov okrugi deputati A.Pardayev hamda tuman hokimining o‘rinbosari A.Doniyorov "Bahoriston" va "Farovon" MFYlar hududidagi fermer xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalarida olib borilayotgan beton ariq tortish ishlarini o‘rgandilar.

Loyiha doirasida jami 893 gektar fermer xo‘jaligi yerlari va 590 ta xonadonning 177 gektar tomorqa maydonlarini suv bilan ta’minlovchi sug‘orish tarmoqlari yangilanmoqda. O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi tahlil qilinib, pudratchi tashkilot mas’ullariga ishlarni sifatli yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi hududda dehqonchilik va bog‘dorchilik samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 6