35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVOLDI DASTURI IJROSI AMALDA: DEPUTAT VA PENSIYA JAMG‘ARMASI MAS’ULLARI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA FAROVONLIGINI OShIRIShDA DAVLAT AKTIVLARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun — kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishning mustahkam huquqiy asosidir
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA OILALAR FAROVONLIGINI OSHIRISHDA HAMKORLIK
янв.21
Yangihoyot tumanida muhim qonun targʻiboti va ijrosi yuzasidan muloqot oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 48-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim sohasidagi hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T. Karimovaga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qizg‘in pallada: «Viqor» mahallasidagi issiqlik quvurlari yangilanmoqda
янв.21
deputat X.Inogamov o‘z saylov okrugida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Xurshid mahallasida mas’ullar faoliyati o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Xurshid mahallasida mas’ullar faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputati T.Mirzayev hamda kotibiyati xodimlari tomonidan deputatning saylov okrugiga kiruvchi Xurshid mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi hamda profilaktika inspektorining faoliyati tahlil qilinib, hududda aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida, avvalo, hududdagi ishsiz va ish izlayotgan fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, aholining doimiy daromad manbalarini shakllantirish, mehnat bozoridagi talab va taklifni muvofiqlashtirish hamda fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash hamda ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish borasidagi ishlar holati ham tahlil qilindi.

Mas’ullarga hududdagi muammoli oilalar va ishsiz fuqarolar bilan individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mahallada aholi bandligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mahallalarda aholi muammolarini manzilli o‘rganish, mas’ullar faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1