35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida yoshlar bilan ishlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar nazorat
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi! 💡🎯
янв.21
“Tashabbusli budjet”: yutib olingan loyiha sifatsiz bajarilsa, nima qilish kerak?
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi deputati Xabibilla Tillayev fuqarolar murojaati ijrosini taʼminladi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayotda yana bir namunali maskan: Oriyat MFYda “Soyali sayr ko‘cha” barpo etiladi!
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sirojiddinov Shuxrat Samariddinovich Yangihayot tumanidagi "Yangi umid" mahallasida
янв.21
🌟 Mirzagʻaniyev Otabek Avazxanovichning Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 34_sessiyada bergan hisoboti
янв.21
#34_Sessiya Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirining hisoboti tinglandi
янв.21
#SessiyagaTayyorgarlik
"Kattabog‘" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!

Yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mahalliy Kengashlar faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish raisi, 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi "Kattabog‘" mahallasida bo‘lib yoshlar yetakchining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida hududda yoshlar bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish va tahlil yo‘nalishlari:

O‘rganish jarayonida O‘RQ–406-sonli Qonun talablaridan kelib chiqib, mahalladagi Yoshlar yetakchisi bilan atroflicha suhbat o‘tkazildi hamda quyidagi muhim yo‘nalishlar tahlil qilindi:

Yoshlar bandligi va "Yoshlar daftari": Mahalladagi ishsiz yoshlar reyestri, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunar va IT-sohalarga yo‘naltirish hamda subsidiyalar ajratilishining haqqoniyligi;

Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport va madaniy-ma’rifiy musobaqalar qamrovi hamda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish choralari;

Toifalar bilan manzilli ishlash: Ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj "og‘ir" toifadagi yoshlar bilan individual ishlash hamda ularning muammolarini joyida hal etish;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik tizimi.

"Yoshlar yetakchisining faoliyati shunchaki hisobotlarda emas, balki har bir yoshning hayotidagi amaliy o‘zgarishlarda aks etishi shart!"

Suhbat yakunida "Shifokor" mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, "sariq" va "qizil" toifadagi yoshlar bandligini ta'minlash choralarini jadallashtirish hamda aniqlangan uslubiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan yoshlar yetakchisiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.