35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida yoshlar bilan ishlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar nazorat
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi! 💡🎯
янв.21
“Tashabbusli budjet”: yutib olingan loyiha sifatsiz bajarilsa, nima qilish kerak?
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi deputati Xabibilla Tillayev fuqarolar murojaati ijrosini taʼminladi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayotda yana bir namunali maskan: Oriyat MFYda “Soyali sayr ko‘cha” barpo etiladi!
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sirojiddinov Shuxrat Samariddinovich Yangihayot tumanidagi "Yangi umid" mahallasida
янв.21
🌟 Mirzagʻaniyev Otabek Avazxanovichning Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 34_sessiyada bergan hisoboti
янв.21
#34_Sessiya Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirining hisoboti tinglandi
янв.21
#SessiyagaTayyorgarlik
Ta’mirga muhtoj texnikum deputatlar e’tiborida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Ekaterina Smesova va Saydullo Azimov Andijon shahridagi “Ozodlik” MFYda joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlarni o‘rgandilar.

1974-yilda qurilgan texnikumda 1500 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. Muassasa har yili 800 nafardan ortiq tibbiy mutaxassislarni tayyorlaydi. Germaniya bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi orqali yoshlarga xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyati yaratilgan.

O‘rganish davomida binoning ichki yo‘laklari, tashqi fasadi va ayrim qismlari ta’mirga muhtoj ekani aniqlandi. Masala deputatlar, deputatlik guruhi va doimiy komissiya a’zolari nazoratiga olinib, amaliy choralar belgilandi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3