35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida yoshlar bilan ishlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar nazorat
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi! 💡🎯
янв.21
“Tashabbusli budjet”: yutib olingan loyiha sifatsiz bajarilsa, nima qilish kerak?
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi deputati Xabibilla Tillayev fuqarolar murojaati ijrosini taʼminladi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayotda yana bir namunali maskan: Oriyat MFYda “Soyali sayr ko‘cha” barpo etiladi!
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sirojiddinov Shuxrat Samariddinovich Yangihayot tumanidagi "Yangi umid" mahallasida
янв.21
🌟 Mirzagʻaniyev Otabek Avazxanovichning Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 34_sessiyada bergan hisoboti
янв.21
#34_Sessiya Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirining hisoboti tinglandi
янв.21
#SessiyagaTayyorgarlik
XALQ MANFAATIGA QARATILGAN DEPUTATLIK TASHABBUSI

Hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish — mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan “Ochiq budjet” jarayonlarida ilgari surilgan, biroq yetarli ovoz to‘play olmagan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tashabbuslar ilgari surilmoqda.

2026-yil 7-sentyabrda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariga, 6-kx-292-26-sonli rasmiy xat yuborildi.

Unda joriy yilning ikkinchi mavsumida Marg‘ilon shahrida jami 97 ta taklif ilgari surilgan bo‘lib, shundan 12 tasi g‘olib deb topilgan. Mazkur jarayon yakunlari bo‘yicha jamg‘armada qoldiq mablag‘lar shakllangan. Shundan kelib chiqib, “Yovqochar” MFY hududida joylashgan 1-oilaviy poliklinika maydonidagi ma’nan eskirgan bir qavatli binoni buzib, qayta qurishga qaratilgan ID-055497983011 raqamli loyiha ham shahar Kengash deputatlari e’tiboriga olindi.

Mazkur loyiha “Ochiq budjet” jarayonida 2 443 ta ovoz to‘plab, shaharda 13-o‘rinni egallagan. Garchi g‘oliblar qatoridan joy olmagan bo‘lsa-da, loyihaning ijtimoiy ahamiyati va aholining bildirgan qo‘llab-quvvatlashi inobatga olinib, uni amalga oshirish bo‘yicha tashabbus ilgari surildi.

Bu — shahar Kengashi deputatlarining xalq tomonidan bildirilgan taklif va ehtiyojlarni e’tiborsiz qoldirmasdan, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, muammolarga yechim izlayotganining amaliy ifodasidir.

Zero, deputatlik faoliyatining mezoni faqat masalani ko‘tarish emas, balki uning ortidan amaliy natija izlashdir. “Yovqochar” mahallasidagi tashabbus ham xalq ovozini, aholi manfaatini va hudud ehtiyojini birlashtirgan ana shunday deputatlik yondashuvining namunasidir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan bunday tashabbuslarning ilgari surilishi hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va eng muhimi, xalq ishonchini amaliy ishlar bilan oqlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2