35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida yoshlar bilan ishlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar nazorat
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi! 💡🎯
янв.21
“Tashabbusli budjet”: yutib olingan loyiha sifatsiz bajarilsa, nima qilish kerak?
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi deputati Xabibilla Tillayev fuqarolar murojaati ijrosini taʼminladi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayotda yana bir namunali maskan: Oriyat MFYda “Soyali sayr ko‘cha” barpo etiladi!
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sirojiddinov Shuxrat Samariddinovich Yangihayot tumanidagi "Yangi umid" mahallasida
янв.21
🌟 Mirzagʻaniyev Otabek Avazxanovichning Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 34_sessiyada bergan hisoboti
янв.21
#34_Sessiya Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirining hisoboti tinglandi
янв.21
#SessiyagaTayyorgarlik
OCHIQ BUDJET LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi dastlabki masala — “Ochiq budjet” (“Open Budget”) tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarning ijrosi bilan bog‘liq masalalar bo‘ldi.

Yig‘ilishda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi tomonidan 2026-yil ikkinchi mavsum yakunlari hamda g‘olib loyihalar yuzasidan hisobot berildi. Hisobot davomida aholining ovoz berishi orqali qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslarni amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Muhokamalar davomida “Ma’orif” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha ham alohida tilga olindi. Mazkur loyiha “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan tanlab olinib, amalga oshirilishi belgilangan. Loyiha mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va aholiga ko‘rsatilayotgan elektr ta’minoti xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan loyihalarning faqat moliyalashtirilishi emas, balki ularning amaliy natijadorligi ham muhim ekani ta’kidlandi.

Xususan, deputat X. Abdurahmonov “Ochiq budjet” doirasidagi loyihalarning ijrosi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish va amalga oshirilayotgan ishlarning aholi manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda aniqlangan masalalarga e’tibor qaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Doimiy komissiya a’zosi, deputat R. Madaminov ham muhokamada faol ishtirok etib, mablag‘larning samarali sarflanishi va loyihalarning aholi uchun amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Yig‘ilishning navbatdagi masalasida shahar hokimligining shahar mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan ham deputatlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, deputat so‘rovlariga berilgan javoblar ham muhokama qilinib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi, mas’ul tashkilotlarning javoblari hamda ijro holatiga e’tibor qaratildi.

Umuman, doimiy komissiya yig‘ilishida budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, “Ochiq budjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli ijrosini ta’minlash, aholi manfaatlarini ustuvor qo‘yish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari markazida bo‘ldi.

Bunday muhokamalar mahalliy budjet mablag‘larining manzilli sarflanishi, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning hayotga tatbiq etilishi va hududlarda mavjud muammolarning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9