35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI BANDLIGI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

2026-yil 3-sentabr kuni Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati A.A.Xusainov va deputat yordamchisi A.A.Azlyarov, shuningdek, Chilonzor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari, bosh ijtimoiy xodim B.O.Toshpo‘latova ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv mahallalarning ijtimoiy xodimlari, tadbirkorlik subyektlari
vakillari hamda ish izlayotgan fuqarolar ishtirokida tashkil etildi.
Muloqot davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish,
ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish, shuningdek, ish beruvchilarga taqdim etilayotgan davlat imtiyozlari va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumot berildi.
Tadbirning amaliy qismida ish beruvchilar va ish izlovchi fuqarolar o‘rtasida bevosita muloqot
o‘tkazilib, mavjud ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va ishga joylashish imkoniyatlari muhokama qilindi va ishtirokchilarga jami 34 ta bo‘sh ish o‘rni taqdim qilindi.
Uchrashuv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, xususan, nogironligi bo‘lgan
shaxslarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda ish beruvchilar bilan
hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir insonning qobiliyati va mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoit
yaratish — ijtimoiy adolat va inson qadrini ta’minlashning muhim shartlaridan biridir.
Mazkur tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning bandligini oshirish, ish beruvchilar
bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ular uchun yangi mehnat imkoniyatlarini yaratish yo‘lidagi
navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 3