35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat,tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek” mahallasida “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Muloqot davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, hokim yordamchisi B.Najmiddinovning aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni daromadli mehnatga
jalb etish yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari haqida axborot tinglandi.Jumladan, fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunarga o‘qitish hamda ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Joriy yilning 6 oyi davomida mahallada 72 nafar fuqaro ishga joylashtirilgani, 180 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani qayd etildi.Uchrashuv davomida aholi
bandligini yanada oshirish, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni doimiy daromad manbaiga yo‘naltirish, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar
muhokama qilindi.Deputat tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4