35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida
ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Istiqbol” mahallasida o‘rganish olib borildi.O‘rganish davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan,hududda yashovchi yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,mavjud muammolarini o‘rganish va zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash,
ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi.O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar doirasida 15 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 9 ta xonadonga kiyim-kechak yetkazib berilgani, gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratilgani aniqlandi.Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 nafar fuqaroning jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun tavsiyanoma rasmiylashtirilgani, 2 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlangani, 1 nafar fuqaroga psixologik hamda 4 nafar fuqaroga yuridik xizmat ko‘rsatilgani qayd etildi.O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlashni davom ettirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish,ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3