35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotining holati joyiga chiqib o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan tumandagi “Rоyat” mahallasida joylashgan 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining moddiy-texnik holati, mavjud sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
🏗 1973-yilda qurilgan bino uzoq yillar davomida foydalanib kelinishi natijasida bugungi kunda ancha eskirgani va zamonaviy talablarga javob beradigan holatga keltirish uchun qayta qurishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
👧👦 Ayni paytda tashkilotda 150 nafar bola tarbiyalanmoqda. Muassasaning loyihaviy quvvati esa 210 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan.
⚠️ Bolalarning ta’lim-tarbiyasi va xavfsizligi uchun munosib sharoit yaratish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlanib, binoning texnik holatini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini zamonaviy talablar asosida qayta qurish va zarur qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida uni tegishli davlat dasturiga kiritish bo‘yicha taklif ilgari surildi.
🌱 Zero, bolalar uchun yaratilgan munosib sharoit — kelajak uchun kiritilgan eng muhim sarmoyadir.

Slide 1 of 3