35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
Mahalliy budjet va tashabbusli budjet masalalari muhokama qilindi

Mahalliy budjet va tashabbusli budjet masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Ochilov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi 2 ta muhim masala muhokama qilindi.

Jumladan, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida 2026-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan tashabbuslarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 29-fevraldagi VI-54-14-5-72-K/24-sonli qarori ilovasidagi “Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Ishchi komissiya tarkibi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ham muhokama etildi.

Slide 1 of 3