35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Ta’lim tizimi — deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Ta’lim tizimi — deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “1-Sangardak” saylov okrugidan saylangan deputat S.Qosimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash, maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.
Deputat maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinf xonalarining jihozlanishi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda ta’lim jarayoni uchun zarur sharoitlar yaratilgani ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi  439-II-sonli qonuni tahlil etildi.
Uchrashuv davomida maktab pedagogik jamoasi va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim muassasasidagi mavjud muammolar, ularni hal etish bo‘yicha takliflar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni deputatlik nazoratiga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Ta’lim sohasidagi islohotlarni samarali amalga oshirish, yosh avlod uchun sifatli ta’lim va munosib sharoitlarni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Slide 1 of 3