35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg'amova tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xususan, “Turkiston” MFY Mahram ko‘chasi aholisi tomonidan ushbu ko‘chani asfaltlashtirish masalasida bir necha marotaba murojaat qilingan. Shunga qaramay, asfaltlash ishlari amalga oshirilmagani, yo‘lning ayrim qismlarida turli bahonalar bilan muammoli holat saqlanib qolinayotgani bildirildi.

Murojaatda Mahram ko‘chasi yo‘l qoplamasining ta’mirtalabligi, chuqurliklar va o‘nqir-cho‘nqirlar mavjudligi sababli avtomototransport vositalari hamda piyodalar, xususan, keksa fuqarolar va yosh bolalarning xavfsiz harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etilgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:

“Turkiston” MFY Mahram ko‘chasining hozirgi yo‘l holatiga vakolatli organlar tomonidan baho berilishi;

Mahram ko‘chasini asfaltlashtirish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish yoki tegishli dasturga kiritish muddatlari haqida ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoni ijobiy hal etish, ko‘chadagi yo‘l sharoitini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2