35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi amalda: Yangihayotda kanal chiqindilardan tozalandi!
янв.21
Yangihayotda bolajonlarga bayram kayfiyati ulashildi
янв.21
🎒✨ Yangi o‘quv yili shukuhi: 329-maktabda bayram
янв.21
Ayollar va bolalar salomatligi — “Milliy tiklanish” deputatlari eʻtiborida
янв.21
Yangihayot tumanida infratuzilma va tashabbusli budjet loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlar va tuman hokimi oʻrtasida amaliy muloqot oʻtkazildi
янв.21
Bayram shukuhi va quvonchli lahzalar
янв.21
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Komil Sindarov “Podcast_Deputatlar” koʻrsatuvida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 8-Marhamat saylov okrugidan saylangan deputati B.Mirzoqulov oʻz hududidagi maktabda dars jarayonlarida sababsiz ishtirok etmasdan yurgan oʻquvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan manzilli muloqot oʻtkazdi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Oqoltin tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirlarda o‘quvchilar, ustozlar, ota-onalar bilan bir qatorda tuman hokimligi vakillari, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev 9-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida qatnashib, maktab jamoasi va o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligi ta’kidlandi. O‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, katta yutuqlar va ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tilandi.

Slide 1 of 5