35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳 Fuqarolar tashabbusi : Yangihayotda yangi bogʻ barpo etish
янв.21
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida“Bilimlar kuni” tadbiri
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Mehribonlik va saxovat – ezgulik ulashadi. Deputat tomonidan muruvvat uyida xayriya tadbiri tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi S.Vafaev 8-sonli maktabdagi “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Bayram shukuhi va quvonchli lahzalar
янв.21
“Bilimlar kuni” shukuhi 292-maktabda ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 2026-yil 02-sentabrdan- 04-sentabrqacha   HAFTALIK REJA
янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
Bilimlar kuni — yangi orzular va katta marralar sari ilk qadam!

Chilonzor tumanidagi 128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna ishtirok etdi.
🎓 Ayniqsa, bu kun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun unutilmas va hayajonli bo‘ldi. Kichik jajji o‘quvchilar uchun maktab hayoti, yangi bilimlar va yangi do‘stlar sari ilk sahifa ochildi.
Mahmudova Donoxon Artikovna barcha o‘quvchilar, ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo‘ygan jajji bilimdonlarni, shuningdek, ustoz va murabbiylarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
Ularga mustahkam sog‘lik, a’lo baholar, katta yutuqlar va bilim olish yo‘lida omad tiladi. Yosh avlodning kelajagi, ta’lim-tarbiyasi va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi muhim ekanini ta’kidladi.

Bilim — kelajak poydevori! 

Slide 1 of 6