Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 16-“Sho‘rob” saylov okrugidan saylangan deputat Jumayeva Svetlana tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov bilan birgalikda “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi bilan ko‘chama-ko‘cha yurib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rgandi.
Bu galgi o‘rganishlar mahalladagi 5-ko‘chada joylashgan xonadonlarni qamrab oldi. Jarayonda 13 nafar fuqaro bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari bevosita eshitildi.
Muloqotlar davomida aholining bandligi, tomorqadan unumli foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar sharoiti, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘llar, obodonlashtirish va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
⬇️ O‘rganish natijasida:
🔸 13 nafar fuqaroning fikr va murojaatlari eshitildi;
🔸 3 ta murojaat va taklif atroflicha o‘rganildi;
🔸 1 ta masala tegishli tashkilotlarga hal etish uchun yo‘naltirildi;
🔸 1 ta masala deputatlik nazoratiga olindi;
🔸 4 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Aniqlangan masalalar belgilangan tartibda qayd etilib, ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.