35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳 Fuqarolar tashabbusi : Yangihayotda yangi bogʻ barpo etish
янв.21
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida“Bilimlar kuni” tadbiri
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Mehribonlik va saxovat – ezgulik ulashadi. Deputat tomonidan muruvvat uyida xayriya tadbiri tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi S.Vafaev 8-sonli maktabdagi “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Bayram shukuhi va quvonchli lahzalar
янв.21
“Bilimlar kuni” shukuhi 292-maktabda ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 2026-yil 02-sentabrdan- 04-sentabrqacha   HAFTALIK REJA
янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
DEPUTAT TUSHUNTIRADI

 1-SENTABRDAN QONUNCHILIKDA MUHIM O‘ZGARISHLAR KUCHGA KIRDI

Fuqarolar uchun muhim bo‘lgan ayrim yangiliklarni bilib qo‘yish foydali:

Ish haqi, pensiya va stipendiyalar — 7 foizga oshirildi.

Eng kam ish haqi — 1 mln 360 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 440 ming so‘m etib belgilandi.

BHM oshirilgani sababli ayrim jarimalar, davlat bojlari va boshqa to‘lovlar miqdori ham o‘zgardi.

UZIMEI: mobil telefonni ro‘yxatdan o‘tkazish — 88 ming so‘m, muddat kechiktirilganda — 110 ming so‘m.

Avtomobillar: texnik ko‘rikdan o‘tmagan, gaz ballonining muddati tugagan yoki tegishli hujjatlari bo‘lmagan transport vositalariga metan va propan gazini quyish mumkin emas.

Jamoat transporti: avtobusga kirishda yo‘l haqini darhol to‘lash talab etiladi. To‘lovni amalga oshirmaganlik uchun 44 ming so‘m jarima belgilangan.

Deputat sifatida fuqarolarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borishga chaqiraman.

Qonunni bilish — huquqni himoya qilishning muhim shartidir!