35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida aholi murojaatlari va bunyodkorlik ishlari e'tibor markazida
янв.21
Deputat arashuvi bilan Yangihayot tumani Marhamat mahallasidagi muammo bartaraf etildi!
янв.21
🎉 Samimiy muborakbod etamiz!
янв.21
Fuqaro muammolari ijobiy hal etildi.
2-sentabr - “Bilimlar kuni” munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.


Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga 9-Vatan saylov okrugidan saylangan deputat Mirzayev M.X. ham ishtirok etdi.
Tadbirda deputat yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda munosib insonlar bo‘lib voyaga yetishi muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Deputat, Prezidentimizning 2-sentabr — “Bilimlar kuni” munosabati bilan o‘quvchi-yoshlarga, ustozlarga hamda ota-onalarga yo‘llagan tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, deputat maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. O‘quvchilarga bilim olishda, yangi marralarni zabt etishda muvaffaqiyat, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat tiladi.

Slide 1 of 7