2–4-sentabr kunlari
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan hududlarda deputatlik nazorati, aholi bilan muloqot hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish yuzasidan quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
✅2-sentabr — Chorshanba
🔔Maktabda birinchi sinfga qabul jarayonlari bilan tanishish
1-sinfga qabul va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilib, mas’ullar bilan tegishli masalalar yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
🏠Mahallada o‘rganish ishlari
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligi va mavjud muammolar o‘rganiladi.
🤝Deputat tomonidan mahallaga chiqib, fuqarolar talab va takliflarini tinglash
Aholi murojaatlari qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va topshiriqlar yo‘naltiriladi.
👤Ijrochi: S. Mirzayev
⸻
✅3-sentabr — Payshanba
🏗Infratuzilma obyektlarini o‘rganish
Yo‘l, ko‘cha, kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa infratuzilma obyektlarining holati o‘rganiladi.
👥Aholi muammolarini o‘rganish
Mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarning muammolari tinglanadi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.
🫱🏻🫲🏻Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan tanishish
Kam ta’minlangan va ehtiyojmand aholiga yaratilgan sharoitlar hamda ijtimoiy ko‘mak choralari o‘rganiladi.
👤Ijrochi: Z. Aliyeva
⸻
✅4-sentabr — Juma
🏘Mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini tahlil qilish
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilinadi.
📩Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash
Kelish tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ularning ijrosi nazoratga olinadi.
✍️Yakuniy tahlil va kelgusi haftaga reja
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilanadi.
👥Ijrochilar: S. Mirzayev va Z. Aliyeva
⸻
✔️Hududlarda o‘rganishlar davom ettiriladi, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi nazoratga olinadi.
Bizni kuzatishda davom eting!