Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
🇺🇿Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, tinch va farovon hayot qurish imkoniyatidir. O‘tgan 35 yil davomida yurtimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun bizning eng katta boyligimiz — tinchligimiz, xalqimizning birdamligi va Vatanimizning yorqin kelajagidir.
🇺🇿Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayz-u baraka va farovon hayot tilayman. O‘zbekistonimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
🎇Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Yusupov Ravshan Abilovich
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi
Bizni kuzatishda davom eting!