Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quramiz!” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, yurtimizning taraqqiyot yo‘li, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan bunday ma’rifiy tadbirlar alohida ahamiyatga ega.
🖼Ko‘rgazmadan Vatanimiz tarixi, istiqlol yillaridagi bunyodkorlik va taraqqiyot, xalqimizning bebaho ma’naviy merosi hamda buyuk ajdodlarimiz hayotiga bag‘ishlangan qimmatli adabiyotlar o‘rin oldi.
📖Tadbir davomida kitobxonlar ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday tashabbuslar yosh avlodning tarixiy xotirasi va Vatanga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🇺🇿Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati va bebaho qadriyatidir. Uni asrab-avaylash, yurtimiz tinchligi va farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Bizni kuzatishda davom eting!