35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
Mustaqillik bayrami arafasida munosib e’tirof

Mustaqillik bayrami arafasida munosib e’tirof

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, Yangi Hayot va kelajak yaratamiz!”

shiori ostida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda xalqimiz fidoyiligi va jamoatchilik hayotidagi faol ishtiroki bilan alohida namuna bo‘lib kelayotgan yurtdoshlarimizning mehnati munosib e’tirof etilmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari O‘razmetov Sultonazir Sobirovich, Allaberganov Ulug‘bek Xasanovich, Baymuratova Nazokat Komiljonovna, Artiqova Oybibi Sa’dullaevna hamda Bobojonova Niyozjon Iskandarbekovnalar “Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Ushbu yuksak e’tirof — yurt ravnaqi, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi nomidan mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yutuqlaringiz bardavom, ezgu tashabbuslaringiz samarali, xalqimiz va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlaringiz yanada zalvorli bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Slide 1 of 1