14-BAND IJROSI: ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat O‘. Shukurov tomonidan Do‘rmonsoy mahallasida ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi xonadonlarning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati, mavjud muammolar hamda fuqarolarning suv ta’minotiga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
📍 Jumladan, Do‘rmonsoy MFYdagi Kiran hududida suv quvurining yorilgani haqidagi murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
💧 Aniqlangan muammoni bartaraf etish va aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv ta’minoti mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.
Deputatlik nazorati — murojaatni eshitish bilan cheklanmay, muammoni joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan.