Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 6-saylov okrugi deputati N. Baxriyev hamda tuman Kengashi vakili Sh. G‘afforov Eskijuma mahallasidagi 10-son umumta’lim maktabida amalga oshirilgan qurilish ishlarini o‘rgandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori asosida maktab hududida 4 milliard 105 million so‘m mablag‘ evaziga 270 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etildi.
Ayni paytda qurilish ishlari to‘liq yakunlangan. O‘rganish davomida sinf xonalarini stol-stul, doska va zarur jihozlar bilan ta’minlash, shuningdek, binoni Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.