Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisorak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan “Chinorbuloq” mahalla fuqarolari yig`ini hududidagi 49-umumiy o'rta ta'lim maktab jamoasi bilan xamkorlikda Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi. Zakovat o'yini davomida o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi va yangi ma'lumotlarga ega bo'lishdi.