35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari” doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Sh.Nazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Xalq Qabulxonasi Qo‘qon shahar bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ularni ko‘rib chiqish hamda qonun talablarining ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ–445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va natijalarini nazorat qilish bo‘yicha tashkil etilgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasi mas’uli M.Abdurahmonov tomonidan qonun talablarining amaliy ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning samarali mexanizmlari hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, murojaatlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash, ularni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilish, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarga o‘z vaqtida va asoslantirilgan javoblar taqdim etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va tahlil qilish jarayonlari, murojaatlar bo‘yicha shakllantirilayotgan ma’lumotlar bazasining aniqligi, to‘liqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5