Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Boboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Xumin” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida, avvalo, mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholiga ko‘maklashish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📌Hokim yordamchilarining xonadonbay ishlash tizimi asosida aholining muammolarini aniqlashi, ularning bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashildi. Ayniqsa, kambag‘allikdan chiqarilishi belgilangan oilalar bilan individual ishlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish va mavjud imtiyoz hamda imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning natijadorligini oshirish, har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib aniq va manzilli choralarni belgilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
📌Bunday o‘rganishlar mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.