Oqoltin tumani, «Mustaqillik» MFY
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E. Babaev «Inson» ijtimoiy xizmatlar
markazi mutaxassisi M. Satarova bilan hamkorlikda mahalladagi ijtimoiy himoyaga
muhtoj fuqarolar holidan xabar oldi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi haqidagi ma’lumotlarni
o‘z ichiga olgan reestr bilan tanishilib, fuqarolarning mavjud ehtiyojlari, ularga
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va amaliy yordam choralari o‘rganildi.
🤝
Ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir fuqaroning muammosini manzilli o‘rganish, uning
holidan muntazam xabar olish va zarur ko‘mak ko‘rsatish — deputatlik nazoratining
muhim yo‘nalishlaridan biridir.