Madaniyat bo‘limidagi ta’mirlash ishlari nega to‘xtab qoldi?
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, A.Uljayeva va M.Ismoilxo‘jayevalar tomonidan Oqoltin tuman madaniyat bo‘limida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun tuman Kengashi sessiyasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda bajarilgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘lar hisobidan boshlangan ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmasdan to‘xtab qolgani aniqlandi.
Deputatlar tomonidan ta’mirlash ishlarining nima sababdan yakunlanmay qolganligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni yakuniga yetkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.