#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli Qonuni talablari asosida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga manzilli yordam va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarini ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|