Sessiyada mahalliy byudjet daromadlarining 2026-yil 2-chorakdagi ijrosi, qo‘shimcha byudjet mablag‘larini yo‘naltirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, davlat organlarining norma ijodkorligi faoliyati, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud takliflar muhokama qilindi. Sessiya yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.