35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
KITOBXONLIK — MA’RIFAT VA TARAQQIYOT ASOSI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KITOBXONLIK — MA’RIFAT VA TARAQQIYOT ASOSI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari K.Abdullayeva, K.Azizov, B.Xalmatov, S.Djalolov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov tomonidan Uchtepa tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

📊 Monitoring mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — hududdagi kutubxona va boshqa madaniyat maskanlari holatini o‘rganish doirasida tashkil etildi.

📙 O‘rganish davomida markaz fondida 56 mingdan ortiq kitob mavjudligi, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi.

🕯 Shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan avvalgi mavsumlarda taqdim etilgan kitob javonlari, kompyuter jihozlari va elektron doskalar ham ko‘rib chiqildi.

📈 Deputatlar o‘rganish yakunida kutubxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.

Slide 1 of 3