35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
Deputat faoliyati

#deputat_okrugida
#murojaatlar_daftari

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva aholi murojaatlaridan kelib chiqib, o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida joylashgan mahalla idorasining ta’mirtalab holati yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Mazkur masala yuzasidan deputat O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘lim rahbari bilan mahalla idorasining mavjud holati, uni ta’mirlash va zarur sharoitlarni yaratish masalalarini muhokama qildi.

Suhbat davomida mahalla idorasining holatini joyiga chiqib o‘rganish, ta’mirlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash hamda muammoni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan kelishib olindi.

Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, amalga oshiriladigan ishlarning borishi va natijasi o‘rganib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1