35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🎉 “Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar!
янв.21
3-sonli umumtaʻlim maktabi - Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati deputatlar nazoratida
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Maktab va mahalla hamkorligida muhim targʻibot tadbiri tashkil etildi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida deputat fuqaro murojaatini koʻrib chiqdi
янв.21
"Aktam-taʼmir servis" MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi boshligʻi. A.Abduvafoyev bilan amaliy muloqot tashkil etildi.
янв.21
Dostlik mahallasidagi murojaat oʻrganildi
“Oq Oltin” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Oq Oltin” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli M.Axmedova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Oq Oltin” MFY xotin-qizlar faoli M.Axmedova tomonidan qonun talablarini amalga oshirish, xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Jumladan, amalga oshirilgan ishlar natijasida:

32 ta ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan;

160 nafar xotin-qizning ijtimoiy holati o‘rganilib, tegishli tartibda “Ayollar daftari”ga kiritilgan;

2 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi berilgan;

34 nafar ayol kasanachilik faoliyatiga jalb etilgan;

4 nafar ayolga imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan;

42 nafar ayolga psixologik yordam ko‘rsatilgan;

34 nafar ayolga shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;

3 nafar ayol vaucher asosida bepul kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov hamda “Madad” NNT bosh mutaxassisi M.Toshboltaeva tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5