QONUN IJROSI O'RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i Sardor Sobirovning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida tumanda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Jumladan, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish va qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Instagram | Face book | You Tube