35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida deputat fuqaro murojaatini koʻrib chiqdi
янв.21
"Aktam-taʼmir servis" MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi boshligʻi. A.Abduvafoyev bilan amaliy muloqot tashkil etildi.
янв.21
Dostlik mahallasidagi murojaat oʻrganildi
янв.21
📌 Mahalla va deputat eʼtiborida: Ogʻir sharoitdagi onaga koʻmak beriladi
янв.21
🚗 "JAC Motors Toshkent" qoʻshma korxonasi oʻz faoliyatini boshladi!
янв.21
📃“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–561-son, 2019-yil 2-sentabr).
янв.21
🏨 Yangihayot tumanida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik va inklyuziv taʼlim nazoratda!
янв.21
🏫 Yangihayot tumanida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik va inklyuziv taʼlim nazoratda!
янв.21
“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputatidan amaliy tashrif!
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida nazorat-tahlil ishlari o‘tkazildi

Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘amuradov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, mahalla boshqaruvi va “mahalla yettiligi” faoliyatini belgilangan vazifalar asosida o‘rgandi.

🔹 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, muammolarni aniqlash va hal etish, obodonlashtirish, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish, kommunal xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, mahalla raisining aholi murojaatlari bilan ishlashi, jamoatchilik nazoratini tashkil etishi, hududni obod va farovon qilish, mahallani kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasidagi vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida nazorat va amaliy faoliyatni davom ettiradi.