35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-sonli umumtaʻlim maktabi - Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati deputatlar nazoratida
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Maktab va mahalla hamkorligida muhim targʻibot tadbiri tashkil etildi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi nazoratda
янв.21
Yangihayot tumanida deputat fuqaro murojaatini koʻrib chiqdi
янв.21
"Aktam-taʼmir servis" MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi boshligʻi. A.Abduvafoyev bilan amaliy muloqot tashkil etildi.
янв.21
Dostlik mahallasidagi murojaat oʻrganildi
янв.21
📌 Mahalla va deputat eʼtiborida: Ogʻir sharoitdagi onaga koʻmak beriladi
YUNUSOBOD TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIGA KITOBLAR TAQDIM ETILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan Yunusobod tuman axborot-kutubxona markaziga 100 ga yaqin badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlar taqdim etildi.

Mazkur tashabbus yoshlar va aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilm olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda axborot-kutubxona markazi fondini boyitishga qaratildi.

Taqdim etilgan adabiyotlar orqali kitobxonlar uchun yangi bilim manbalari yaratiladi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyati kengayadi.

Ushbu tashabbus “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅ Kitob — bilim, ma’rifat va taraqqiyot manbai. Bunday tashabbuslar aholining intellektual salohiyatini oshirish hamda yosh avlodni ilmga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2