35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: SHEROBODDA YANGI TA’LIM MASKANLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi arafasida Surxondaryo viloyatida ta’lim sohasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Viloyat bo‘ylab 100 dan ziyod yangi va zamonaviy ta’lim maskanlari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Ushbu ezgu tashabbuslar doirasida Sherobod tumanida ham 10 dan ortiq maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi.

🏫 Yangi maktab — kelajak sari yangi qadam!

Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi U. Alimov, shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi A. Choriyev hamda soha mas’ullari, nuroniylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tantanali tadbir davomida yangi ta’lim maskanlarining zamonaviy sharoitlari ko‘zdan kechirilib, yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida e’tirof etildi.

➡️ Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi U. Qosimov videokonferensiya — Zoom platformasi orqali hududlardagi 100 dan ortiq ta’lim maskanlarining ochilish marosimiga ulanib, bunyodkorlik ishlarining tantanali yakuniga guvoh bo‘ldi.

Yangi va zamonaviy ta’lim maskanlari — farzandlarimizning munosib ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun mustahkam poydevordir.

Sherobodda bunyodkorlik ishlari davom etmoqda! 🇺🇿

Slide 1 of 9