35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimov tomonidan fuqaro murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Davlat kadastrlari palatasi filialidan rasmiy javob kelib tushdi.

Avvalroq Qo‘qon shahar “Urg‘anjibog‘” MFY hududida yashovchi fuqaro Abduraxmonov Rashid o‘zining ko‘chmas mulk obyektiga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Deputatlik so‘rovi asosida mazkur murojaat Qo‘qon shahar Davlat kadastrlari palatasi filiali tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holatlar tegishli ma’lumotlar bazasi orqali ko‘rib chiqildi va mavjud holat yuzasidan fuqaroning keyingi tartibda amalga oshirishi lozim bo‘lgan huquqiy harakatlar hamda murojaat qilish tartibi tushuntirildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi natijasida fuqaroning murojaati e’tiborsiz qoldirilmasdan, tegishli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqildi va unga qonunchilikda belgilangan tartibda zarur tushuntirishlar berildi.

Mazkur murojaat yuzasidan olib borilgan ishlar deputat nazoratida bo‘lib, fuqaroning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘mak davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi