35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning “Sobir Raximov” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim M.Shariddinovaning ish faoliyati, aholiga ko‘rsatayotgan ijtimoiy xizmatlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish doirasida mahallada noturar binoda istiqomat qilayotgan ko‘p bolali oilaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishildi. Mazkur jarayonda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘limi rahbari F.Fayzulloyeva hamda xotin-qizlar bo‘limi mas’ul xodimi D.Xashimova ishtirok etdilar.

🔻Sh.Abduraxmonovning oilasida 7 nafar farzand tarbiyalanayotgan bo‘lib, ular noturar binoda joylashgan atigi 2 ta xonada istiqomat qilayotgani aniqlandi. Oilaning yashash sharoiti og‘ir bo‘lib, farzandlarning sog‘lom va munosib sharoitda ulg‘ayishi uchun yetarli imkoniyatlar mavjud emasligi qayd etildi.

🔻O‘rganish davomida xonadonning muhandislik-kommunikatsiya sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, oilaning ichimlik suvi ta’minoti uzilgani aniqlanib, mazkur masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor hal etish zarurligi ta’kidlandi. Deputatlar tomonidan ijtimoiy xodimning mazkur oila bilan ishlash holati, oilaning ehtiyojlarini o‘rganishi, mavjud muammolarni aniqlashi va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar ko‘rib chiqildi.

🔻Shuningdek, oilaning ijtimoiy himoyasi, ayniqsa, uy-joy sharoitini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Oila bekasini “Ayollar daftari”ga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqish, shu orqali mavjud tartib-taomillar asosida uning uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish masalasini tegishli mutasaddilar bilan muhokama qilish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3