35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot va soliq texnikumi yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor!
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi osoyishtaligi va qulayligi – muhim ustuvorlik! Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
Yangihayot tumanida fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar 285-sonli maktab pedagogik kengashida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar D.Xursandova va B.Mirzoqulov 330-umumtaʼlim maktabida
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi
янв.21
Bolajonlarning sevimli maskani – 121-sonli DMTT yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala LOCHIN MAHALLASIDA NURONIYLAR VA KO‘CHA BOSHLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
LOCHIN MAHALLASIDA NURONIYLAR VA KO‘CHA BOSHLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “10-Madaniyat” saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Davlatov hududdagi Lochin mahallasida faol nuroniylar va ko‘cha boshlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida mahallada bugungi kunda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritildi. Bu borada Lochin mahallasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 3,5 kilometr ichki yo‘llar asfalt qilinib, aholi uchun qulay va ravon yo‘l infratuzilmasi yaratildi.
Shuningdek, elektr ta’minotini yaxshilash va hududdagi elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida 240 dona beton ustun o‘rnatilib, 4,5 kilometr SIP kabel tarmoqlari tortildi. Mazkur ishlar mahalla aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni kamaytirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Uchrashuvda faol nuroniylar va ko‘cha boshlari tomonidan mahallani yanada obod qilish, mavjud muammolarni hamjihatlikda hal etish, yoshlar tarbiyasi va hududdagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, xalq bilan doimiy muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlardagi muammolarni deputatlik nazorati asosida hal etib borish bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 3