35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yangi umid" mahalla hududida oʻtkazilgan oʻrganish
янв.21
🌿 Yangi umid mahallasida obodonlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda!
янв.21
Ijtimoiy soha va yoshlar masalalari diqqat markazida
янв.21
🔴 TANQID: "Hamjihat BSK" o‘z nomiga munosibmi yoki ular uchun hudud tozaligining ahamiyati yo‘qmi?
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 285-sonli maktab yangi oʻquv yiliga tayyormi?
янв.21
Umida Nishanbekovaning "Oʻzbekiston ovozi" gazetasida intervyusi chop etildi!
янв.21
Yurtimiz istiqlolining shonli 35 yillik bayrami arafasida oʻz faoliyati bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz yana bir bor eʼtirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 17-Yorqin hayot okrugi deputati B.Erkaboyev oʻz saylov okrugida
янв.21
🎓 Taʼlim fidoyilari – eʼtirofda!
янв.21
🎉 “Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar!
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Ko‘rkam diyor mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Qo‘chqorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi Bodomzor ko‘chasida ko‘cha boshisi va aholi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaro mahallada kanalizatsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi. Xususan, kanalizatsiya quvurlarini yotqizish jarayonida yaqinda ta’mirlangan asfalt qoplamasi buzilayotganligi, shuningdek, kanalizatsiya quvuri ichimlik suvi quvuriga juda yaqin joylashtirilayotganligi ta’kidlandi. Fuqaroning fikricha, kelgusida mazkur quvurlardan birida nosozlik yuzaga keladigan bo‘lsa, bu ikkinchi tizimga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi va noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Slide 1 of 3