Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ehtiyojlari o‘rganilib, ulardan bir nafar yoshga sport mashg‘ulotlari hamda o‘quv yurti uchun zarur bo‘lgan formalar olib berildi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.