Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan Xursandlik MFYda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
O‘rganish davomida mahallada yangi ish boshlagan xotin-qizlar faoliga amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar tushuntirilib, faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mahallada aholi bilan ishlash, murojaatlarni o‘rganish va mavjud masalalarni manzilli hal etishga alohida e’tibor qaratildi.