Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Guliston MFY hududida asfaltlashga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida yo‘llarni asfaltlashga tayyorlash, hududni obodonlashtirish va ishlarni sifatli tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.
Aholi uchun qulay va ravon yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida asfaltlashga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.