Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Guliston MFY raisiga “24 tavsiya”ning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida “24 tavsiya”da belgilangan vazifalarni hududda samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla raisiga tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda aholi bilan tizimli ishlash bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.